O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Kattaqo‘rg‘onda

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida "Sen - qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!" shiori ostida tuman ijodkorlari o‘rtasida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, shoirlar X.Bobomurodova, X.Nurullayev, Z.Eshonqulova, Sh.Umirov, "Ijod"  fondining viloyat bo‘limi rahbari F.Ahmedov ishtirok etdi.

Tadbirning birinchi qismida tumanda adabiyot, she’riyat, san’at, rassomchilik bo‘yicha yosh iste’dodlar o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Shoirlar o‘rtasida qizg‘in mushoira tashkil etilib, tuman ijodkorlari Vatan, mustaqillik, insoniylik, mehr-muhabbat, tinchlik mavzusidagi ijod namunalaridan o‘qib berishdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi.