O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.

➖Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga oshgan.

➖Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan.

➖O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan.

2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

🧍🏻‍♀️ AYoLLAR SONI – 18 176 873 kishi

🧍🏻‍♂️ERKAKLAR SONI – 18 422 891 kishi

2023 yilning 1 oktyabr holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga ko‘p.