O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan 862 bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar ahvoli haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3 ming 965 nafarga yetdi. 4 iyun kuni 73 nafar, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 87 nafar, ya’ni 78 foizdan ziyod bemor to‘liq sog‘aygan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 862 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

48 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 21 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitda karantinga joylashtirilgan.

Kuni kecha ro‘yxatga olingan 96 bemorning 81 nafari karantin muassasalariga joylashtirilgan shaxslar orasidan aniqlangan bo‘lsa, 13 nafari aholi orasida qayd etilgan. 2 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi shaxslar orasida aniqlangan.