O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirish holati kamaymoqda

Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov koronavirusga chalinganlar soni nima uchun kamayganligiga izoh berdi:

«Ketma-ket ikki kun koronavirus infeksiyasiga chalingan bermorlar sonining kamayishi — karantin zonasidagi insonlarni alohidalaganimiz bilan bog‘liq.

Karantin zonasida bitta konteynerga faqat 4 nafar odam joylashtirilyapti va tashqaridan hech kim kirib-chiqmasligi ta’minlanyapti. Shu bois karantin zonada ushbu kasallikni yuqtirib olish holati keskin kamaydi.

Biroq bu vaziyat butunlay yaxshilandi, degan xulosa kelib chiqishi uchun asos emas. Karantin zonasidan tashqarida ham ushbu virus tashish holatlari bo‘lishi mumkin va barchasini nazorat ostida ushlash uchun karantin rejimiga qat’iy amal qilishimiz lozim».