O‘zbekistonda “lanka” o‘yini rivojlantiriladi

Turizm va sport vazirligida iyun-iyul oylarida O‘zbekistonda “Qarabtep” (“lanka”) xalq o‘yini musobaqalarini o‘tkazish muhokama qilindi.

Davra suhbatiga raislik qilgan O‘zbekiston Polvonlar milliy markazi raisi Norquli Yusupov iyun-iyul oylarida “Qarabtep” xalq o‘yini musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etishda hamkor tashkilotlarni amaliy yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Uchrashuvda bir qancha shakllardagi “Qarabtep” o‘yinining asosiy ish quroli – “tepki”lar ham ko‘rsatildi.

Unda soha mutaxassislari mahalliy aholi tomonidan yaratilgan “tepki”ga yuqori baho berib, uni ommalashtirish va “o‘zbek brendi” sifatida dunyoga keng targ‘ib qilish borasida o‘z tavsiyalarini bildirdi.