O‘zbekistonda o‘rtacha oylik qancha?
- 27.04.2021 17:29
- 280
- Iqtisodiyot
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 2,8 million so‘mni tashkil qilmoqda, o‘rtacha oylikning eng past miqdori sog‘liqni saqlash sohasida (2,04 million so‘m) kuzatildi.
2021 yil yanvar-mart oyida korxona ishchilarining o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari 2,87 million so‘mni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,3 foiz yuqori.
O‘rtacha oylik ish haqining eng yuqorisi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida (6,46 million so‘m), axborot va aloqa (4,83 million so‘m) sohasida, eng kami – ta’lim (2,24 million so‘m) va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida (2,04 million so‘m) qayd etilgan.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa