O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4,5 mln kishiga yaqinlashdi

Hozirgi kunda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 4 million 447 ming 597 nafarni tashkil qiladi.

Respublikada pensiya oluvchilar 3 million 839 ming 508 nafardan iborat bo‘lsa, nafaqa oluvchilar 608 ming 89 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2023 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra:

➖yoshga doir pensiya oluvchilar - 3 182 617 nafar;
➖nogironlik pensiyasini oluvchilar - 426 532 nafar;
➖boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilar - 230 359 nafarni tashkil qiladi.

Tayinlangan nafaqalar bo‘yicha:

➖pensiya yoshiga yetgan erkaklar va ayollar - 60 829 nafar;
➖bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandli onalar - 8738 nafar;
➖ish staji yo‘q 1-2-guruh nogironligi bor shaxslar 90 840 nafar;
➖boquvchisini yo‘qotgan oilalar - 48 293 ta;
➖18 yoshdan katta 1-2-guruh bolalikdan nogironligi bor shaxslar - 175 912 nafar;
➖18 yoshgacha nogironligi bor bolalar - 160 746 nafar;
➖18 yoshgacha nogironligi bor farzandni parvarish qilayotgan ota (ona) - 62 731 nafar.