O‘zbekistonda Qozog‘istonning yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi
Kecha, 4 avgust kuni soat 18:30 larda “Buxoro-Xorazm” (Olmaota-Nukus) yo‘nalishida harakatlanib borayotgan Qozog‘iston Respublikasida ro‘yxatga olingan “VANHOOL” rusumli, KZ 545 ARV13 davlat raqam belgili yo‘lovchi avtobusi ishtirokida Jondor tumani “Luqmon” MFYga qarashli cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro yo‘lining 299 kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1 nafar shaxs voqea joyida vafot etgan, 2 nafar shaxs og‘ir va 8 nafar shaxslar turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.