O‘zbekistondagi barcha hududda dam olish kunlarisiz biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtiriladi
- 20.07.2019 12:24
- 93
- O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyat, shahar, tuman IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari (bo‘limlari)da biometrik pasport hamda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjat topshirish va tayyor bo‘lgan pasportlarni olish bo‘yicha fuqarolarni dam olish kunlari ham soat 8.00 dan 20.00gacha qabul qilish joriy etildi.
Shu munosabat bilan, nobiometrik pasportini biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanishni tavsiya etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilish muddati 2019 yil 31 dekabrgacha belgilanganligini eslatib o‘tdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa