Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerlardan olish mumkin?
O‘zim nurobodlikman, ish joyim Past Darg‘omda. Xorijga chiqish biometrik pasporti olmoqchiman. Uni olish uchun qaysi tumanning davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishim kerak? Umuman, viloyatimiz bo‘yicha qaysi DXMlarda "zagran pasport" beriladi?
E.Eshmurodov.
Savolga viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari M.Hasanov javob berdi.
- Siz ish o‘zingizga qulay bo‘lgan xohlagan tuman yo shahar DXMga borib, xorijga chiqish biometrik pasportini olishingiz mumkin. Bunda sizdan yashash manzilingiz haqida ma’lumot so‘ralmaydi.
Bugungi kunda fuqarolar Samarqand viloyatida quyidagi tuman (shahar) lardagi davlat xizmatlari markazlaridan xorijga chiqish biometrik pasportini (zagran pasport) olishlari mumkin.
- Oqdaryo tumani
- Bulung‘ur tumani
- Jomboy tumani
- Ishtixon tumani
- Kattaqo‘rg‘on tumani
- Nurobod tumani
- Narpay tumani
- Payariq tumani
- Samarqand tumani
- Urgut tumani
- Paxtachi tumani
- Toyloq tumani
- Past Darg‘om tumani
- Samarqand shahar
Faqatgina Qo‘shrabot tumani va Kattaqo‘rg‘on shahar DXMda mazkur xizmat mavjud emas.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (340 000 so‘m) tashkil etadi.