Xorijga chiqish pasportini endilikda davlat xizmatlari markazlarida ham olish mumkin
2022 yil 1 yanvardan boshlab, bir qator xizmatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda) davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari tashkil etadi (ushbu to‘lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo‘lgan).
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan davlat xizmatlari markazlari RO‘YXATI.
2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro‘yxatda turgan joyingizdan qat’iy nazar) taqdim etiladi.