O‘zbekistondan yangi dinozavr turi topildi
- 10.09.2021 11:26
- 107
- O'qing, qiziq!
Buyuk Britaniyaning «Royal Sociyety Open Sciyence» jurnalida bir ajoyib maqola chop etildi, deya xabar beradi o‘zbek olimi gidrobiolog Baxtiyor Sheraliyev o‘zining feyskbukdagi sahifasida.
Unda aytilishicha, O‘zbekiston hududidan Yura davrining so‘nggi bosqichida yashagan ikki oyoqlab yuradigan allozavrlar oilasiga mansub fan uchun yangi bo‘lgan dinozavrning bosh suyak qoldiqlari topilgan.
Olimni eng xursand qilgan jihati, maqola mualliflari qatorida ikkita o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning borligi bo‘ldi.
“Yangi dinozavr alohida yangi urug‘ga mansub deb ko‘rsatilgan. Urug‘ nomi bobakalonimiz Mirzo Ulug‘bek sharafiga, tur nomi esa O‘zbekiston sharafiga Ulughbegsaurus uzbekistanensis deb nomlangan. O‘zbek paleontologlarini chin dildan tabriklayman.
O‘zbekistonda paleontologiya deyarli tegilmagan qo‘riq, hali bizdan juda ko‘plab qirilib ketgan, toshga aylangan (fossil) organizmlar qoldiqlari topilishiga ishonaman”, deydi olim.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa