Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Surxondaryodagi topilma haqida ma’lumot berildi
5 fevral kuni Termiz arxeologiya muzeyi xodimlari Kushon podsholigi davriga oid oziq-ovqat saqlanadigan omborxona topishdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, omborxona Termiz tumanidagi “Zumola” yodgorligi yaqinida joylashgan dala ekin maydonidan topilgan.
6x6 m2 hududida olib borilgan qazishma ishlari jarayonida 22 dona don mahsulotlari saqlanadigan xumlar topildi.
Qazishma yanada kattaligi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda mazkur hududda arxeologik qazishma ishlari keng qamrovda olib borilmoqda.