O‘zbekistonga Gonkong gripp virusi aniqlandi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, so‘ngi haftada respublika aholisi o‘rtasida O‘RI bilan kasallanish o‘tgan haftaga nisbatan 25,5 foizga kamaygan.
O‘RI kasalligi ko‘rsatkichlarida epidemik bo‘sag‘adan (epidemik parog) 34,3 foizga pastligi kuzatilmoqda.
Bolalarning o‘tkir respirator infeksiya bilan kasallanish yoshma-yosh tahlil qilinganida: kasallanishni eng yuqori ko‘rsatkichi 0-1 yoshdagi bolalar o‘rtasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, intensiv ko‘rsatkich shu yoshdagi 100 ming bola soniga nisbatan 368.3 ni tashkil etmoqda.
“Bunga O‘RI bilan kasallangan bemorlarni alohidalamaslik, bemor bolalarni ta’lim muassasalariga yuborish hamda shifokor bilan maslahatlashmasdan o‘zboshimchalik bilan davolanish asosiy sabablar bo‘lmoqda”, dedi N.Atabekov.
Gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar bilan og‘rigan bemorlarni davolash maqsadida respublika bo‘yicha 8838ta bemor o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, ularda 6000 nafar bemor davolanmoqda.
Shuningdek, qo‘mitaning hududiy laboratoriyalari tomonidan bemorlardan olingan laborator tahlil natijalariga ko‘ra grippning A (H3N2) turi ham aniqlanmoqda.