O‘zbekistonlik ikki futbolchining biri dunyoning, yana biri Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga da’vogar

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi ((IFFHS) 2004 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan 20 yoshgacha futbolchilar orasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar 25 futbolchi nomini e’lon qildi.

Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi va Fransiyaning «Lans» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham bor. 

Husanovdan tashqari dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga «Barselona» klubi futbolchilari Lamin Yamal, Gavi, Pau Kubarsi, «Real» klubi futbolchilari Endrik, Arda Gyuler, «PSJ» futbolchisi Joau Nevesh va «Manchester Siti»dan Savinyo kabi yulduzga aylangan futbolchilar o‘rin olgan.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham «Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, O‘zbeksiton milliy jamoasi hamda SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev yakuniy ro‘yxatdan o‘rin oldi.

O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a’zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi a’zosi Ba Jun Ho ham g‘oliblikka da’vogar bo‘lib turibdi.

G‘olib nomi 29 oktyabr kuni Seul shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.