O‘zbekistonlik ikki kurashchi antidoping qoidalarini buzgani uchun sportdan chetlatildi
- 17.12.2019 13:08
- 265
- Sport
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulnor Sulaymonova 4 yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Sportchining Janubiy Koreyada o‘tkazilgan jahon chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Gulnor Sulaymonova 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin medal sohibasiga aylangandi. O‘zbekiston kurash assotsiatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu jazoning o‘tgan yilgi muvaffaqiyatga aloqasi yo‘q.
Sulaymonovadan tashqari, -60 kilogramm vaznli kurashchi Abror Jabborov ham doping sabab 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Sportchilarning Janubiy Koreyadagi jahon chempionatida qayd etgan natijalari bekor qilindi.
Teglar:
Milliy kurash
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa