O‘zbekistonlik sportchi qilichbozlik bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Birlashgan arab amirligida o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kuni sportimiz uchun tarixiy sanaga aylandi. Unda sablyachimiz Zuhriddin Qodirov g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichboz bo‘ldi.
O‘smirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan vakilimiz Kanada, Misr, Vengriya, AQSh va finalda Germaniya vakili ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dog‘da qoldirdi.
Bugun musobaqa davomida Samira Shokirova hamda Musa Aytmurodov chorak finalgacha yetib borishdi. Afsuski, bronza medalini naqd qiladigan bosqich ostonasida ularga biroz omad yetmadi.