O‘zbekistonlik talaba Polshada YTHga uchradi

O‘zbekistonning Polshadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil 8 yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan, og‘ir ahvolda Varshava shahridagi Milliy mudofaa vazirligi harbiy-tibbiy instituti markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xabar qildi.

YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, I.R. universitetlardan birining talabasi hisoblanadi.

Elchixona Konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib, bemorning holidan xabar oldilar va hamyurtimizning qarindoshlarini qidirishmoqda.