O‘zbekistonning doimiy aholisi soni oshdi. Eng yuqori ko‘rsatkich Samarqandda

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33,9 million kishini tashkil etdi. Aholi soni 2019 yil boshidan 650,3 ming kishiga yoki 2,0 foizga o‘sdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, 2020 yil 1 yanvar holatiga hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 11,1 foiz, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foiz va Andijon viloyatida 9,2 foiz.