Samarqand viloyatining aholisi ko‘p hududlari
- 31.01.2020 16:02
- 3602
- Samarqand
2020 yil 1 yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand shahrida qayd etildi va bu yerda yashovchilar viloyat aholisining 14,1 foizini tashkil etdi.
Keyingi o‘rinlarda Urgut tumani 13,1 foiz, Past Darg‘om tumani 9,1 foiz va Kattaqo‘rg‘on tumani 7 foizni tashkil etgan.
***
2019 yil viloyatda 101 198 ta tug‘ruq qayd etilgan va 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 26,4 promilleni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 0,2 promillega oshgan.
***
2020 yil 1 yanvar holatiga viloyatdagi doimiy aholi soni 3878 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 79,1 ming kishiga yoki 1,2 foizga o‘sdi. Jumladan, shaharlar aholisi soni 1438,3 ming kishiga (jami aholining 37,1 foizi), qishloq aholisi soni 2437,7 ming kishi (62,9 foiz)ni tashkil etdi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasi.