Yil boshidan O‘zbekiston aholisi qanchaga ko‘paydi?

O‘zbekiston aholisi 2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 34 million 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga o‘sgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, aholining 17 million 195,9 ming kishisi erkaklar va 16 million 995,8 ming kishisi ayollarni tashkil etgan.
Jami aholidan 17 million 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 million 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
6 oy mobaynida 75,5 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 12,8 mingta ajrim holatlari kuzatilgan.