Shirin shaharchasida qancha aholi yashaydi, nechta maktab bo‘ladi?

Shirin shaharchasining master rejasiga asosan massivda 12-52 qavatli turarjoylar qurilib, 180 ming aholi istiqomat qilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumot uchun taqqoslash mumkin, Oqdaryo tumanda hozirgi kunda 170 ming atrofida aholi istiqomat qiladi.

Shirin shaharchasida 1320 va 1650 o‘rinli 12 ta LEGO usulida umumta’lim maktablari quriladi. Xuddi shunday 30 ta 400 o‘rinli davlat bog‘chalari qurilishi rejalashtirilgan.

Uchta tibbiyot birlashmasi, to‘rtta xususiy klinika, ikkita oliy o‘quv yurti, ikkita IT park bo‘ladi.

Shaharchaning umumiy maydoni qariyb 10 km uzunlikda bo‘lib, 665 gektar maydonni egallaydi. Jami bino va inshootlar shaharchaning 20 foizini tashkil qiladi.