O‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan "ayol" 59 yoshli erkak ekan
Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) A.X. ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjerida noma’lum shaxs tomonidan plastik kartasidan 11 million 557 ming miqdoridagi pullar aldov yo‘li bilan yechib olinganligini ma’lum qilgan.
O‘rganish davomida, ushbu jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 59 yoshli “erkak” A.U. sodir etganligi aniqlandi.
Unga ko‘ra, A.U., A.X. bilan “Telegram” messenjerida o‘zini “Dilafro‘z” deb tanishtirgan va bir dona ayollar kurtkasini 500 ming so‘mga kelishib, A.X.ga tegishli bo‘lgan plastik kartaning maxfiy kodlarini soxta havola yuborish orqali qo‘lga kiritgan. Oqibatda 11 million 557 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini yechib olgan.
A.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.