O‘zini o‘zi band qilgan shaxs kim?
SOLIQ mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan kishi - ro‘yxatdan o‘tgan, 67 ta faoliyat turlaridan biri bilan shug‘ullanib, qonuniy mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi hajmida to‘lovlarni amalga oshirib, mehnat stajiga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi.
Samarqand viloyatida o‘zini o‘zi band qilish holati qanday?
O‘zini o‘zi band qilish jarayoni boshlanganidan hozirga qadar 47487 nafar shaxs SOLIQ mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Jumladan,
- 4749 nafari ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar;
- 14901 nafari maishiy xizmatlar;
- 10145 nafari sanoat yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar;
- 12710 nafari qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlar;
- 4372 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish;
- 610 nafari axborot komunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha xizmatlarda band bo‘lgan.
Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.