O‘zini o‘zi band qilish – qulay va foydali

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “O‘zini o‘zi band qilish: qulay, qonuniy va xavfsiz” mavzusida Zoom platformasi orqali onlayn matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farrux Ahmedjanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 iyun kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va yangiliklar xususida atroflicha ma’lumot berdi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilish tartib-taomillari to‘g‘risida alohida to‘xtaldi.
Onlayn matbuot anjamunida ommaviy axborot vositalari vakillari va aholi tomonidan yo‘llangan savollarga batafsil javob qaytarildi.
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.