O‘zini sudga berib "yutib chiqqan" odam
1996 yilda amerikalik Larri Rutman uloqtirib yuborgan bumerang (o‘roqsimon otish quroli) qaytib kelib, uning boshiga urilgan. Larri darhol o‘zini sudga bergan va 300 ming dollar tovon puli undirib, g‘alaba qozongan.
Tovonni Larri bunday holatlardan o‘zini sug‘urta qilib qo‘ygan sug‘urta kompaniyasi to‘lab bergan.
- Baxtsiz hodisa mening egaligimdagi yerda sodir bo‘ldi, demak, bu holatga uy egalari sug‘urtasi javobgarlik qiladi”, — degan Rutman 18 aprel kuni sodir bo‘lgan hodisa haqida. - Ba’zi qo‘shnilarim buni bema’nilik deb aytishdi, lekin bunday o‘ylab ko‘rsangiz, bu juda mantiqiy. Axir men uzoq vaqtdan beri sug‘urta pulini to‘lab kelaman. Endi to‘lovlar qilish bekor emasligi isbotlandi, - degan erkak.