Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ozishni istasangiz, pista chaqing

Amerikaning Kaliforniya universiteti olimlari yaqinda Nutrients jurnalida pista ustida olib borgan tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi.

Mutaxassilarning fikricha, pista tarkibida mavjud gammatokoferil, vetamin K, kaliy, fitosterollar, beta-karotin va lyutein kabi nutriyentlar odam organizmi uchun g‘oyat foydali bo‘lib, ayniqsa, semiz kishilarning ozishiga yordam berar ekan.

- Ammo tuzlanib, qovrilib sotilyotgan pista bunday foyda bermaydi, - dedi olimlar. – Sho‘rtak pista aksincha, qon bosimini tushirmasdan, ishtahani ochadi. Bunday paytda ozish uchun urinish befoyda. Samaraga erishish uchun kuniga atigi 42 gramm qovrilmagan toza pista iste’mol qilish kifoya, deb yozadi «Mir novostey» (2020 y 35-son).

T.MUROD tayyorladi.