O‘zLiDeP: Qishloq xo‘jaligida 1 gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda
Bu haqda partiya lideri Aktam Hayitov Samarqand tumanida fermerlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi. “Navobod naslli parranda” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Samarqand Toyloq, Urgut tumanlari fermerlari va mazkur fermer xo‘jalik ishchilari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga olgan Aktam Hayitov saylovoldi dasturdagi Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
Bu borada aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish va ichki bozorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari barqarorligiga erishish va qishloq xo‘jaligida 1 gektar yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish, foydalanilmayotgan maydonlarni o‘zlashtirish hisobiga 300 ming gektarda intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish rejalari haqida to‘xtaldi.
Qishloq xo‘jaligida eksportni yiliga 10 milliard dollarga yetkazish sohaga 15 milliard dollar investitsiyalar jalb etishni ta’minlash tashabbusini amalga oshirishni va fermer va dehqonlarning huquqlarini himoya qilishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining imkoniyatlarini kengaytirish takliflari aytildi.