Ozod Sharafiddinovning rafiqasi olamdan o‘tdi

O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning rafiqasi Sharofat aya Qo‘shboyeva 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bugun tongda O‘zbekiston Qahramoni, zahmatkash olim, munaqqid, publitsist, tarjimon, ustoz Ozod Sharafiddinovning umr yo‘ldoshi, «O‘zbekfilm» kinostudiyasining dublyaj bo‘limida muharrir, tarjimonlik vazifalarida ishlagan Sharofat aya Qo‘shboyeva 90 yoshida olamdan o‘tdi.