“Ozodlik” radiosi “tirnoqdan kir qidirish”da davom etmoqdami?

Joriy yilning 09 sentyabr kuni “Ozodlik” radiosining saytida “Urgutdagi suv janjali ortidan o‘nlab yigit hibsga olingani va qiynoqqa tutilgani iddao qilinmoqda” nomli maqola e’tiborimni tortdi.

  Maqolada Urgut tumanining Kamangaron va Vag‘ashti qishloqlari suv talashib ziddiyat sodir qilgani va go‘yoki bu janjalda qatnashmagan fuqarolar ham ommaviy xibsga olingani hamda davlatning bu ikki qishloq aholisiga yordam bermagani aytib o‘tilgan.

  Aslida ham shundaymi? Bu ikki qishloqni muammosini davlat hal qilmayaptimi?

   Urgut tumanining Kamangaron va Vag‘ashti qishloqlari aholilari yillar davomida suv talashib kelganligi sababli, ularni 100 yil davomida suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan katta mablag‘ talab qiluvchi to‘g‘onni qurish loyihasi tasdiqlangan va qurilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Lekin qishloq aholisining ba’zi vakillari buni noto‘g‘ri tushunib, mazkur to‘g‘on qurilishiga qarshilik qilishgan va xuquq tartibot idoralari mol-mulkiga zarar yetkazishgan.

  Holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tegishli qonuniy choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Internet tarmog‘ida yoritib borilgan.

  G‘o‘s qishlog‘i aholisining ba’zi birlari “samosud” qilib, qonun buzilishlariga yo‘l qo‘yganligi sababli, ularga ham “Qonun ustuvor jazo muqarrar” tamoyili ostida jazo choralari ko‘rilmoqda.

  “Ozodlik” radiosi “samosud” holatlarini yoritib, go‘yoki O‘zbekistonda davlat yo‘qligi, xuquq-tartibot idoralari ishlamayotganini ro‘kach qilib keladi. Lekin “samosud” qilganlarga chora ko‘rilsa, bu ham ko‘ra olmasdan “tirnoqdan kir qidirib” o‘z bilganicha yoritadi? “Ozodlik”ni nazdida “samosud” qilganlarga chora ko‘rilmaslik kerakmi?

  “Ozodlik” radiosi jurnalistlari bu materialni tayyorlashda, Kamangaron va Vag‘ashti qishloqlari o‘rtasidagi ziddiyatni boshlovchisi, hozirda qidiruvda bo‘lgan, AQShda yashab kelayotgan Safarali Xasanovning bir tomonlama va noxolis ma’lumoti asosida tayyorlaganligi ko‘rinib turibdi.

  Savol tug‘iladi. Nima uchun “Ozodlik” radiosi joriy yilning yoz oyida sodir bo‘lgan va bir necha bor Internetda chiqqan eski materiallarni to‘plab, o‘zidan qaxramon yasab, bo‘hton materialni Internet orqali tarqatishni maqsad qilgan? “Ozodlik”ning maqsadi xalq bilan davlatni, xalq bilan xuquq-tartibot idoralarini o‘rtasiga nifoq solishdan iborat deb tushunish kerakmi? “Ozodlik”ning g‘alamis jurnalistlari esa qalloblik qilishdan charchamasligi bu safar yaqqol bilinib qoldi.