Pandemiya davrida ota-onalarning ixtiyoriga ko‘ra maktablar faoliyatini boshlaydi
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2020-2021 o‘quv yilini boshlash borasida ota-onalarning fikrini bilish va undan kelib chiqib, ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida, maktablarda maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Bugun Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassis xodimlari kichik guruhlarga bo‘lingan holda viloyatning tuman va shaharlariga yuborildi. Hududlardagi xalq ta’limi bo‘limlari xodimlari bilan birgalikda, bugun va ertaga (25-26.08.2020 y.) maktablarda ota-onalarning ixtiyoriy munosabati — farzandini maktabga yuborish yoki yubormasligi, himoya vositalaridan foydalanishiga munosabati, o‘qishni qachondan boshlashi bilan bog‘liq yozma va og‘zaki fikrini o‘rganadi.
So‘rovnoma har bir sinf, har bir maktab hamda tuman va shahar kesimida jamlanadi. Ushbu jarayonlarda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi.
Darhaqiqat, mazkur so‘rovnoma Xalq ta’limi vazirligi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy kanallarida e’lon qilindi.
Telegram: t.me/uzedu/8479
Facebook: www.fb.com/uzedu
Telegram: t.me/samarqandvxtb
Samarqandviloyatixalqta’limi boshqarmasi axborot xizmati.