Pandemiya davrida Samarqandda tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash sanoatida 13,2 foizga pasayish kuzatildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvar-avgust oylarida viloyat sanoat korxonalari tomonidan 10238,3 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2019 yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 90,5 foizni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush “Ishlab chiqaradigan sanoat” hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi 94,7 foizni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarishda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning 53,3 foizga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

Aksincha, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilishda 6,6 foizga, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida 13,2 foizga pasayish kuzatilgan.

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi sanoat statistikasi bo‘limi.