"Panjikent – Samarqand" yo‘nalishida avtobus qatnovlari tiklanishi aytilmoqda
Tojikistonning «Xolding Aziya Grupp Tadjikistan» korxonasi yaqin orada O‘zbekistonning qator shaharlariga tajriba - sinov tariqasida xalqaro avtobus qatnovlarini boshlaydi.
Ertaga, 2 aprel kunidan e’tiboran korxona "Dushanbe – Termiz", "Dushanbe – Denov" hamda "Panjikent – Samarqand" yo‘nalishlarida tajriba-sinov tariqasida qatnovlarni amalga oshiradi.
"Dushanbe – Termiz" yo‘nalishada qatnov masofasi 251 kilometr bo‘lib, yo‘nalishni bosib o‘tishga 5 soat 40 daqiqa vaqt sarflanadi.
"Dushanbe – Denov" yo‘nalishi qatnov masofasi 107 kilometr yo‘nalishga sarflanadigan vaqt 2 soat 25 daqiqani tashkil etadi.
Panjikent – Samarqand yo‘nalishi qatnov masofasi 64 kilometr bo‘lib, yo‘nalishga sarflanadigan vaqt esa 1 soat 25 daqiqa.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida "Toshkent – Xo‘jand" va "Qo‘qon – Xo‘jand" yo‘nalishlarida muntazam qatnovlar amalga oshirib kelinmoqda.