G‘o‘bdinlik o‘quvchilarning maktabga qatnashi uchun qachon avtobus ajratiladi?

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov shu yilning 7 avgustida bulung‘urlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Tumanning Esonturdi mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla markazidan ancha olisda joylashgan G‘o‘bdin qishlog‘ida yashovchi o‘quvchilarning maktabga qatnashda qiyinchilikka uchrayotgani sabab avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berilgan edi.

Bu masala bir oy muddatda (7 sentyabrgacha) hal etilishi lozim edi. Biroq "Hamon avtobusdan darak yo‘q", deyishmoqda g‘o‘bdinlik ota-ona va o‘quvchilar.

Bu savobli ishni bajarish mas’ullarning yodidan ko‘tarildimikan-a?..

Darvoqe, O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida joylashgan 715 ta maktab o‘quvchilari uchun bepul maktab avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi haqida Prezidentning «O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi farmonida ham belgilangan edi.