"Parij-2024" litsenziatlari: Samarqandlik Amaliya Mamedova olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng yosh sportchi
Badiiy gimnastika bo‘yicha guruh mashqida o‘zbekistonlik sportchilar ketma-ket uchinchi bor yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu yo‘nalishda yurtimiz sharafini himoya qiladigan 5 nafar sportchimiz orasida samarqandlik 15 yoshli Amaliya Mamedova ham bor.
Amaliya Mamedova 2008 yil 29 avgust kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan. Osiyo chempionatlarida 4 tadan oltin va kumush, jahon kubogida 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.
E’tiborlisi, Amaliya 2023 yilda terma jamoaga jalb qilingan. Jamoa joriy yilning may oyida Toshkentda o‘tgan litsenzion Osiyo chempionatida Yaponiya va Qozog‘iston kabi kuchli raqobatchilarini ortda qoldirib, oltin medal bilan "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini naqd qilgan.