Parijda so‘z erkinligi fonida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

30 yanvar kuni Fransiyada bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida 33 mingga yaqin (shundan, 5 mingga yaqini Parijda) kishi ishtirok etdi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib BFMTV xabar bermoqda.

Fransiyaning turli shaharlarida «Global xavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Poytaxtda boshlangan dastlabki tinch norozilik namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi. Tartibni muhfaza qilish organlari xodimlari namoyishchilarga karshi suv purkagich va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida jismoniy kuch ishlatdi. Namoyishchilar tarqatilishi «Harbiy sharh» telegram kanalidagi videoda aks etgan.

Fransiya ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yanvar kuni mamlakatda 35 kishi, shu jumladan, Parij ko‘chalarida 28 kishi hibsga olingan, ikki politsiyachi jarohat olgan.

Fransiyadagi norozilik namoyishlari o‘tgan yil oxirida Milliy Assambleya tomonidan «Global xavfsizlik» to‘g‘risidagi qonun loyihasida politsiya zobitlari to‘g‘risidagi shaxsiy ma’lumot yoki boshqa ma’lumotlarni tarqatishni jinoiy javobgarlikka tortadigan moddasini qo‘llab-quvvatlash  fonida boshlandi. Buning uchun bir yillik qamoq jazosi va 45 ming yevro jarimaga tortish belgilandi. Tanqidchilar tomonidan ushbu hujjat so‘z erkinligiga qarshi harakat, deb baholanmoqda.