Partiya faoliyati muhokama etildi

Unda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, siyosiy partiyalar vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi "Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak" mavzusidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. 

 

– Davlatimiz rahbarining siyosiy partiyalar, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari oldiga bir qator muhim vazifa va topshiriqlar qo‘ygan edi, – deydi  partiyaning viloyat kengashi raisi Muhiba Bobobekova. – Shundan kelib chiqqan holda partiyamiz o‘z faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida reja-dastur ishlab chiqildi. Ushbu reja-dastur 9 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami belgilab olindi. 

Plenumda partiyaning yoshlar bilan ishlash faoliyatidagi kamchiliklar hamda bu borada "Yosh adolatchilar" qanoti kengashining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir rejalari ham muhokama qilindi. 

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari ishlab chiqildi.