Partiya s’yezdiga delegatlar saylandi
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining navbatdan tashqari VIII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Partiya viloyat kengashi raisi Akbar Axtamov boshqargan konferensiyada joriy yilning 9 iyul kuni muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va unda partiyaning munosib ishtirokini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
Saylovning ochiq, oshkora va kuchli raqobat muhitida o‘tishi inobatga olingan holda, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining navbatdan tashqari s’yezdiga delegatlar saylandi.