Past Darg‘omning Samarqand mahallasidagi transformator nosozligi bartaraf etildi

Bugun Zarnews.uz saytida "Har kuzda shu bo‘lar takror... Past Darg‘omdagi Samarqand mahallaliklarning muammosi hal etiladimi?" sarlavhali maqola "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Past Darg‘om tumani elektr ta’minoti korxonasiga qarashli "Juma" nimstansiyadan chiquvchi 110 /35/10  fider Past Darg‘om TP 2505 ning yuqori kuchlanishli kabeli nosozligi sababli elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilgan.

Ayni paytda Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasining maxsus ishchi guruhi tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf qilindi. Natijada tumandagi Samarqand mahallasi elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi ta’minoti muammolari bilan bog‘liq holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 71-202-50-55, 78-150-75-64 raqamlariga yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (@hetmuloqot, @HET_admin) orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.