Pastdarg‘omlik ayolning uyidan 8 tup giyohvandlik o‘simligi topildi

“Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbirlarida Past Darg‘om tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan X. ismli ayolning yashash xonadoni tomorqasi ko‘zdan kechirilganida jami 8 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlandi. Giyohvandlik o‘simligi daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.