Paxta terimiga majburlansa, yuridik klinika yordam ko‘rsatadi

Joriy yildan boshlab paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga majburlangan fuqarolarga yuridik klinikalar mutaxassislari yordam berishadi.

- Barcha viloyatlarda kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lishidan qat’i nazar, fuqarolarga bepul xizmat ko‘rsatadigan yuridik klinikalar tashkil etilgan, - deydi Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Mahmadaliyev. - Ularda aholi tomonidan yo‘llangan mehnat munosabatlariga oid barcha murojaatlar ko‘rib chiqilib, qonuniy yordam ko‘rsatiladi. Yuridik klinikalar qoshida 1092 qisqa raqamli Koll-markaz ham faoliyat yuritmoqda.