Paxtachida YPX xodimlari 1 kilogramm opiy olib ketayotgan shaxsni ushladi

Viloyat IIB YHXB inspektorlari tomonidan M-37 xalqaro avtomobil yo‘lining 147-kilometrida Ishtixon tumani Azamat qishlog‘ida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan A.Q. boshqaruvida bo‘lgan "Nexia-2" mashinasi to‘xtatilgan.

Hujjatlarni tekshirish paytida haydovchi o‘zini shubhali tutgani uchun mashina tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan. Bu jarayonda mashinaning orqa o‘rindig‘i ostida 2 dona skotchga o‘ralgan to‘rtburchakli allaqanday bo‘laklar topilgan. Ularning ichida o‘tkir hidli modda daliliy ashyo sifatida olingan.

Haydovchi A.Q. shu zaylda 1 kilogramm opiy giyohvand moddasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l shahriga olib ketayotganini ma’lum qilgan.