Payariq tumani delegatsiyasi Xitoyning Shensi provinsiyasida iqtisodiy loyihalar bilan tanishmoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 2 sentyabr kun Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Chjao Ide boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi asosiy yo‘nalishlar kelishib olingan edi.
Ayni paytda samarqandlik delegatsiya a’zolari Xitoyning Shensi provinsiyasida bo‘lib turibdi. Xususan, Payariq tumani vakillari ishtirokida ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolanmoqda.
Delegatsiya a’zolari Xitoydagi qator iqtisodiy loyihalarni joyida ko‘zdan kechirmoqda. Jumladan, Payariq tumanidan borgan vakillar Yangling shahridagi "Aqlli qishloq xo‘jaligi parki"da bo‘lib, u yerda tashkil etilgan "Aqlli issiqxona" va urug‘chilikka mo‘ljallangan korxona faoliyati bilan tanishdi. Mazkur "Aqlli qishloq xo‘jaligi parki" IT texnologiyalari asosida boshqariladi.