Payariq tumanidagi 6-maktabda sudyalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda Tuman ma’muriy sudi raisi F.Salomov "Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi", jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi Sh.Sharipov "Inson xuquqlarini himoya qilish bo‘yicha halqaro va milliy mexanizmlar", sudya H.Keldiyarova "Sud va yoshlar uchrashuvi" mavzularida ma’ruza qildi.
Uchrashuv so‘nggida o‘quvchilarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazildi va savollarga batafsil javob bergan faol o‘quvchilarning 10 nafariga sudyalar tomonidan badiiy kitoblar va “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” topshirildi.