Payariq tumanidagi 79-sonli maktab sardorlari Kengashi namunali

Samarqand shahridagi yoshlar markazida "Eng namunali maktab sardorlari Kengashi" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari kengashi faoliyati samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, tajriba almashish va intelektual salohiyatini sinovdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan tanlovda jamoalar 3 shart bo‘yicha bellashdi.
Viloyatdagi 16 ta tuman va shahar jamoalari ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra Payariq tumanidagi 79-sonli maktab sardorlari birinchi, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 3-sonli maktab jamoasi ikkinchi va Oqdaryo tumanidagi 41-maktab sardorlari jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.