Payariqda "kreditor"ini o‘ldirgan ayol 13 yilga qamaldi
Avvaliga u yangasi Munira Salomovadan 200 AQSh dollari oldi. Buning hisobidan Anora biznesini kengaytiradi, biroq bu ham unga kamlik qildi. Keyingi safar u yangasidan 2 ming “ko‘ki” qarzga oladi va pullarni uch oydan so‘ng foizi bilan qaytarishga qarindoshini ishontiradi.
Biroq, qarzni qaytarish muddati tezda keldi. Munira har kuni undan pullarni qaytarishini talab qildi.
Anora qanday qilib “kreditor”dan qutulish yo‘llarini izlay boshladi va bir kuni o‘zi bilan metall bo‘lagini olib Muniraning uyiga bordi.
Yangasi qarzni olib keldi, deb o‘ylab bahri-dili ochilib ketdi. Biroq bunday emasligini bilgach, uni urisha ketdi.
Anora qulay paytni poylab metall bilan ayol boshiga urdi. Munira yiqilib tushganini ko‘rib, qochib ketdi.
Shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urindi. Biroq Munira vafot etdi.
Anora Olimova Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.