Payariqda uyida qulflanib qolgan bir yoshli qiz qutqarildi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida bir yoshli qiz ota-onasi tashqariga yumush bilan chiqqanida uyning 3-qavatida qulflanib qolgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qizchaning ota-onasi yordam uchun viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilgan.
Qisqa muddat ichida yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus narvon yordamida bino ichiga kirgan. Eshikni ochib, bolani ota-onasiga topshirgan.