Payariqda yangi turistik qishloq tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-son qarori 8-ilovasiga muvofiq, ayrim fuqarolar yig‘iniga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlog‘i” va “Turizm ovuli” maqomini berish bo‘yicha viloyatimizda zarur ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, respublikada birinchi bo‘lib viloyatimizda Konigil mahalla fuqarolar yig‘iniga “Konigil" turizm qishlog‘i sertifikati topshirildi.
Shunday amaliy ishlarning davomi sifatida Payariq tumanidagi Choshtepa mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Qishloq aholisiga “Turizm qishlog‘i” tushunchasi haqida yanada chuqurroq ma’lumot berish maqsadida Choshtepa qishloq aholisi va tashabbuskorlarni “Konigil" turizm qishlog‘iga sayohati uyushtirildi.
Sayohat davomida ularga departamentimiz xodimlari hamrohlik qildi. «Konigil» turizm qishlog‘i faoliyatini o‘rganish barobarida choshtepaliklar bilan suhbat o‘tkazildi, turizm qishlog‘ini tashkil etish bosqichlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati.