Payariqlik Ixtiyor polvon bosh sovrin - "Cobalt"ni qo‘lga kiritdi

Bugun, 18 mart kuni Jomboy tumanidagi Qoraqasmoq otchoparida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tomosha-tadbirda yurtimizning turli hududlaridan, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlaridan chavandozlar ishtirok etdi.

Musobaqada chaqqon, epchil chavandoz va polvonlar asosiy sovrinlar - tuya, toy, tana, gilam va ko‘plab sovrin hamda pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Viloyat hokimligi tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin – "Cobalt" avtomobili payariqlik polvon Ixtiyor Tolipovga nasib etdi. U toshkentlik chavandoz Sarvar Umurzoqovning Bodom laqabli otida ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

Avtomashina kaliti va sertifikatini chavandozga Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari F.Abilov topshirdi.

To‘lqin Siddiqov.

***

Baxtiyor Mustanov olgan suratlar.