“Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan samolyotda 5 nafar yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashdi
6 noyabr kuni “Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan HY-502-reys samolyotida 5 nafar yo‘lovchilarning sog‘lig‘i yomonlashdi.
TIV xabariga ko‘ra, shu sababli samolyot Gansu provinsiyasining Lanchjou shahri aeroportiga favqulodda qo‘ngan. Sog‘lig‘i yomonlashgan O‘zbekiston fuqarolari A.S., M.M., Rossiya fuqarolari D.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘liga samolyot qo‘nganidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular shahar klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.
Xabarda 7 noyabr soat 5:41 da samolyot Toshkentga uchib ketgani qo‘shimcha qilingan.
Bosh konsulxona tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.